» » Foto: Buxoroda viloyatning sobiq hokimi O‘ktam Barnoyevga hurmat-ehtirom ko‘rsatildi

Foto: Buxoroda viloyatning sobiq hokimi O‘ktam Barnoyevga hurmat-ehtirom ko‘rsatildi


Buxoro shahrida 29-fevral kuni viloyat faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov va bosh vazir Abdulla Aripov qatnashdi.

Yig‘ilishda Buxoro shahri hokimi Karim Kamolov Prezident farmoniga muvofiq Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi. Viloyatning avvalgi hokimi O‘ktam Barnoyev bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangan.

Mavzuga doir:

Tadbirda so‘zga chiqqan bosh vazir Abdulla Aripov keyingi yillarda Buxoroni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan keng ko‘lamdagi ishlarda O‘ktam Barnoyevning tashabbuskorligi, talabchanligi alohida o‘rin tutganligi ta’kidlagan.

“O‘ktam Barnoyevning Buxoro va buxoroliklar uchun qilgan xizmatlari e’tirof etildi hamda hurmat-ehtirom ko‘rsatildi”, — deya xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-02-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют