» » Isroil Madrimov 1-mart tongida professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi

Isroil Madrimov 1-mart tongida professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi


Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida harakat qilayotgan Isroil Madrimov (4-0, 4 KO) 1-mart tongida AQShda navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Madrimov Texas shtatida bo‘lib o‘tadigan boks kechasida venesuelalik Charli Navarroga (29-9, 22 KO) qarshi ringga ko‘tariladi. Jang 10 raunddan iborat bo‘ladi. Ushbu bellashuv g‘olibi WBA chempionlik kamari uchun birinchi raqamli da’vogarga aylanadi.

Mazkur jang oqshomi tonggi soat 05:00 da boshlanadi. Isroil esa soat 05:00—06:00 orasida ringga ko‘tariladi.

Eslatib o‘tamiz, Madrimov so‘nggi bor oktabr oyida meksikalik Alexandro Barrerani (29-6, 18 KO) texnik nokautga uchratib, WBA Intercontinental chempionlik kamarini birinchi marta himoya qilgandi.

Jangni UFCBOXUZ Telegram kanali va Sport-TV telekanali orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda tomosha qilishingiz mumkin.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-02-2020, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют