» » AQShda koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi. Infeksiyani yuqtirib olganlar soni 60 kishini tashkil etmoqda

AQShda koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi. Infeksiyani yuqtirib olganlar soni 60 kishini tashkil etmoqda


AQShning Vashington shtati sog‘liqni saqlash departamentining ma’lum qilishicha, 29-fevral kuni koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq shtatda birinchi o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, infeksiyadan 50 yoshlik ayol vafot etgan. Koronavirus yuqtirib olgan yana 4 nafar bemor og‘ir holatda. Umumiy hisobda, AQShda koronavirusni yuqtirib olganlar soni 60 kishini tashkil etmoqda.

Avvalroq, AQShda koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha nazoratchi tayinlangani, Tramp administratsiyasi koronavirusga qarshi kurash uchun davlat budjetidan 1 mlrd dollar so‘ragandi.

Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi so‘nggi bir sutka ichida Xitoyda 35 kishi koronavirus oqibatida vafot etgani, vafot etganlarning jami soni 2870 kishiga yetgani haqida xabar bergandi.

South China Morning Post xabar berishicha, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanish 85 956 holat qayd etilgan. Xitoydan keyin infeksiyaning ikkinchi yirik o‘chog‘i Janubiy Koreya hisoblanmoqda. U yerda 3150 nafar odam kasallangan. Italiyada 1128 holat (29 nafar bemor vafot etgan), Eronda 593 (43 nafar bemor vafot etgan) qayd qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют