» » AQShda koronavirusdan ikkinchi kishi vafot etdi

AQShda koronavirusdan ikkinchi kishi vafot etdi


AQShda koronavirusdan ikkinchi o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda The New York Times’ga tayanib “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Kasallik 70 yoshli erkakda aniqlangan. U 29-fevral, shanba kuni, Vashingtondagi EvergreenHealth kasalxonasida vafot etgan. Avvalroq shu kasalxonada 50 yoshli ayol vafot etgandi. Koronavirus yuqtirib olgan yana 4 nafar bemor og‘ir holatda.

Xabarda aytilishicha, kuni kecha Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) AQShda koronavirus bilan kasallanishning tasdiqlangan holatlari soni 60 dan oshganini ma’lum qilgan.

Tramp administratsiyasi koronavirusning tarqalishiga qarshi kurashish uchun Kongressdan 2,5 milliard dollar talab qilmoqda. Shu bilan birga, prezident koronavirusga qarshi vaksinani yaratish jarayoni “tez” va “juda yaxshi” o‘tayotganini ta’kidlagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 88 ming kishidan oshib ketdi. Virus oqibatida vafot etganlar soni 3 041 kishiga yetgan, 42 mingdan ortiq bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют