» » JSST koronavirusga qarshi kurashishda har oy qancha tibbiy niqob kerakligini ma’lum qildi

JSST koronavirusga qarshi kurashishda har oy qancha tibbiy niqob kerakligini ma’lum qildi


Koronavirusga qarshi kurashish uchun har oy 89 million tibbiy niqob zarur. “RBK”ning xabar berishicha, bu haqda 3-mart kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Gebreyesus ma’lum qildi.

Bundan tashqari, JSST dunyo bo‘ylab kasalxonalarga har oy 76 millionta tibbiyot qo‘lqopi va 1,6 millionta himoya ko‘zoynagi kerak bo‘lishini hisoblab chiqqan.

Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot 27 davlatga 27 million to‘plamdagi shaxsiy himoya vositalarini yuborgan, ammo ular tezda tugamoqda. Shaxsiy himoya vositalaridan oqilona foydalanish uchun JSST maxsus tavsiyalarni ishlab chiqdi.

Uning ta’kidlashicha, Xitoyda koronavirus epidemiyasi boshlanganidan beri niqob narxi o‘rtacha olti marta, N95 respiratorlari narxi uch baravar, tibbiy kiyimlar esa ikki baravar oshdi.

So‘nggi ma’lumotlargga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirusni yuqtirib olganlar soni 90 370 kishiga yetgan. Kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha Xitoydan keyingi o‘rinlarda Janubiy Koreya (4335), Italiya (2036) va Eron (1501) ketmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lum qilishicha, dunyoning 64 davlatida koronavirus aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют