» » Jahon banki koronavirusga qarshi kurashish uchun 12 mlrd dollar ajratadi

Jahon banki koronavirusga qarshi kurashish uchun 12 mlrd dollar ajratadi


Jahon banki dunyoning 60 ga yaqin davlatida tarqalgan yangi turdagi COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashish uchun 12 milliard dollar yo‘naltiradi, deb xabar berdi bank matbuot xizmati.

Ushbu mablag‘lar sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash va rivojlanayotgan mamlakatlarda kuzatuvni kuchaytirishga yo‘naltiriladi.

Jahon banki prezidenti Devid Malpassning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot rivojlanayotgan mamlakatlarning koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish ehtiyojlariga tez va moslashuvchan javob berishga tayyor turishi uchun ishlamoqda.

“Bu favqulodda moliyalashtirish, siyosat bo‘yicha maslahat va texnik yordamni o‘z ichiga oladi”, — deydi Malpass.

Bank xabarida ta’kidlanishicha, ushbu tashkilot kasallik tarqalish xavfi yuqori bo‘lgan qashshoq mamlakatlarga ko‘proq e’tibor qaratadi.

Avvalroq Yevropa ittifoqi koronavirusga qarshi kurash uchun 232 million yevro ajratishi haqida xabar berilgandi.

Fevral oyining boshida AQSh  koronavirus qayd etilgan Xitoy va boshqa mamlakatlarga 100 million dollar ajratishi ma’lum qilingan edi. Xitoy Moliya vazirligi esa koronavirusga qarshi kurashish uchun qariyb 3,9 milliard dollar miqdorida mablag‘ ajratdi. Qozog‘iston esa mazkur virus bilan  kurashish uchun 9,2 million dollar mablag‘ ajratganini ma’lum qildi.

Shuningdek, Bill Geyts Xitoydagi koronavirus bilan kurashishga 5 million dollar ajratdi. Dell, PepsiCo va Microsoft Xitoyda koronavirusga qarshi kurashishda yordam berishini ma’lum qildi. Xitoylik aktyor Jeki Chan koronavirusga qarshi vaksina yaratgan insonga 143 ming dollar va’da qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют