» » Britaniyalik qiz yangi Mercedes kalitini yo‘qotib qo‘ygach, undan 20 yil foydalanmadi (foto)

Britaniyalik qiz yangi Mercedes kalitini yo‘qotib qo‘ygach, undan 20 yil foydalanmadi (foto)


Britaniyaning Coys auksion uyi 80 mil (128 km) yo‘l bosgan Mercedes-Benz SL 500 rodsterini sotuvga qo‘ydi, deb yozadi “Motor”. 1996-yilgi avtomobil birinchi xo‘jayini kalitni yo‘qotib qo‘ygani uchun 20 yil haydalmasdan turgan.

Auksion uyi rahbari Kris Rutlej aytib berishicha, rodster badavlat bir qizga sovg‘a qilingan, ammo u ko‘p o‘tmasdan mashina kalitini yo‘qotib qo‘ygach, 20 yil davomida undan foydalanmagan.

Rutlej ta’kidlashicha, agar mashina butun o‘tgan vaqt mobaynida haydalganida, hozir uning qiymati besh—yetti ming funt sterling (6—9 ming dollar) atrofida bo‘lardi. Ammo avtomobil shunchalik yaxshi holatda saqlanganki, uning prognoz qilinayotgan narxi 45—55 ming funt (55—68 ming dollar)ga teng.

Asl kalit baribir topilmadi, biroq avtomobil yangi komplekt bilan birga sotilmoqda.

Опубликовано: admin (12-04-2017, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют