» » Po‘lat Bobojonov “Chiroqchi voqeasi” bo‘yicha tuman IIB rahbarlarini ishdan oldi. Ularning ikki nafari ichki ishlar tizimidan haydaldi

Po‘lat Bobojonov “Chiroqchi voqeasi” bo‘yicha tuman IIB rahbarlarini ishdan oldi. Ularning ikki nafari ichki ishlar tizimidan haydaldi


Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov 7-mart kuni Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, “Chiroqchi voqeasi” bo‘yicha yana 6 nafar IIB xodimi ishdan olinganini ma’lum qildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari Iroda Rasulova xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Chiroqchi tuman IIB boshlig‘i Fazliddin Yusupov, tuman IIB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Norbek Qobilov, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosar Nodir Ismatov, tergov bo‘yicha o‘rinbosar Dilshod Rasulov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Tuman IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Yunus Mengnorov va 4-sonli IIB katta profilaktika inspektori Sherzod Rahmonov esa ishdan bo‘shatilgan. Alohida ta’kidlanishicha, endi ular ichki ishlar tizimida faoliyat yuritmaydi.

Mavzuga doir: IIV matbuot kotibi: IIB binosida odam o‘limi — yangilik emas

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida mol o‘g‘irlashda gumon qilingan 32 yoshli erkak 2020-yil 23-yanvar IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgandi. Keyinroq IIBning boshqa xodimlari ushbu jinoyatni yashirish maqsadida guvohlarga bosim o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi.

Mavzuga doir: “‘Uchastkavoy’laringni qutqarib qolsalaring, urgani yo‘q desalaring, rozi qiladi”. Chiroqchilik IIB xodimlari qotillikni yashirish uchun guvohlarning og‘zini yopishga uringan

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi ochilib, ikki nafar IIB xodimi qamoqqa olingani haqida xabar berildi. So‘ngra fuqaroning urib o‘ldirilishida yana 13 nafar xodimning qo‘li borligi ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2020, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют