» » Dream City barcha ayollarni 8-mart bilan qutlaydi

Dream City barcha ayollarni 8-mart bilan qutlaydi


Dream City Development kompaniyasi O‘zbekistonning barcha ayollarini Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaydi.

Dream City Development kompaniyasi ushbu bahoriy kunda O‘zbekistonning barcha ayollarini bayram bilan chin yurakdan tabriklaydi hamda o‘zining chuqur hurmati va eng samimiy tilaklarini bildiradi.

Bugungi kunda ayollar ko‘plab kasblarni tanlashi va o‘rganishlari mumkin. Ular davolaydilar, quradilar, ta’lim beradilar, tadqiqot qiladilar, yaratadilar, boshqaradilar – yurtimiz hamda zamonaviy jamiyat rivojiga ulkan hissa qo‘shmoqdalar, shu bilan birga oila bag’rida ham o‘z vazifalarini unutmaydilar.

“Har qanday jamiyatning madaniyat darajasini uning ayollariga munosabatidan bilib olsa bo‘ladi. Bu— isbot talab qilmaydigan, haqiqat”, — deya ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.

Bugungi kunda ayollar huquqlari va manfaatlarini ta’minlash, ularning munosib mehnat qilishi va hayot kechirishlari uchun shart-sharoit yaratish, shuningdek, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish O‘zbekistonda jamiyat va davlat rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga aylanmoqda.

Dono, mehnatsevar, sevimli, oqko‘ngil va nozik ayollar – sizlardek hech kim bu dunyoda uyg‘unlik va yorqin hayotni yarata olmasdi! Onalar, qizlar, ayollar – sizlar bizning hayotiy kuchimiz, muhabbat va go‘zallik manbayisiz! Sizlarni chin qalbimizdan 8-mart yorqin bayram bilan tabriklaymiz va sizlarga shunday go‘zal bo‘lib qolishingizni tilaymiz!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют