» » “Olamshumul” aksiyasi: dastlabki g‘oliblar aniqlandi

“Olamshumul” aksiyasi: dastlabki g‘oliblar aniqlandi


Aksiyadorlik tijorat “Qishloqqurilishbank”ning “Olamshumul” aksiyasi ishtirokchilari orasidan fevral oyidagi g‘oliblar aniqlandi.

Joriy yilning 1-fevralidan 2021-yilning 1-fevraliga qadar e’lon qilingan aksiyaning shartlarini fevral oyida bajargan mijozlar 1 dona xorijga sayohat, 5 donadan Artel Smart LED televizori hamda Xiaomi Note 7 smartfonlaridan birini qo‘lga kiritishlari mumkin. Shuningdek, fleshka, quloqchin, Power bank va boshqa qimmatbaho sovg‘alarni ham qo‘lga kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, ATB “Qishloqqurilishbank” tomonidan e’lon qilingan “Olamshumul” aksiyasida 18 va undan yuqori yoshda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Aksiya shartlari oddiy. Buning uchun bank filiallaridan Humo plastik kartalarini olish va har kun yakuniga ko‘ra hamda to‘liq bir oy davomida eng kamida 500 ming so‘m qoldiq summani saqlab yurish kifoya. E’tiborlisi, bank tomonidan oldin emissiya qilingan va amalda bo‘lgan barcha Humo kartalari foydalanuvchilari ham aksiyada qatnashishlari mumkin. Ular kartalaridan foydalanishda aksiya talablarini bajarishlari kifoya.

Aksiya ikkita holat bo‘yicha o‘tkazilmoqda:

“Oylik aksiya” — plastik karta qoldig‘i to‘liq bir oyda (kalendar kunlari) 500 ming so‘m va undan yuqori bo‘lgan mijozlar bo‘yicha. Agarda ushbu shart bajarilsa, tanlab olish yo‘li bilan g‘olib mijoz aniqlanadi va g‘olibga aksiya sovrini taqdim etiladi.

“Super aksiya” — bunda oylik aksiya ishtirokchilari orasidan tanlab olish yo‘li bilan g‘olib aniqlanadi. Agarda ushbu shart (oylik aksiya ishtirokchisi bo‘lish) har oy davomida bajarilsa, mijozning yutish imkoniyati ortib boradi. Ya’ni 1 marotaba oylik aksiyaga qatnashish 1 imkoniyat, 10 bora qatnashilsa, imkoniyat 10 barobar ortadi. “Super aksiya” g‘olibiga bosh sovrin — Chevrolet Gentra avtomobili taqdim etiladi.

“Oylik aksiya”ning g‘olib va sovrindorlari bir oyda bir marta, har oyning o‘ninchi ish kunigacha hamda “Super aksiya”ning g‘olibi aksiya muddati tugagandan so‘ng internet tarmog‘idagi random.org veb-sayti (dasturi) orqali tasodifiy tanlash yo‘li bilan aniqlanadi.

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют