» » Italiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 10 ming kishidan oshdi. Vafot etganlar esa 631 kishiga yetdi

Italiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 10 ming kishidan oshdi. Vafot etganlar esa 631 kishiga yetdi


Italiyada o‘tgan bir sutka ichida yangi turdagi koronavirus oqibatida 168 kishi vafot etdi. Umumiy hisobda, mamlakatda virus oqibatida vafot etganlar soni 631 kishiga yetdi, deb xabar beradi South China Morning Post.

Mamlakatda jami 10 149 kishi COVID-19 koronavirusi bilan kasallangan (o‘tgan bir sutkaning o‘zida 977 kishida virus aniqlangan).

Avvalroq Italiyada barcha ommaviy tadbirlar bekor qilinib, fuqarolarga uydan chiqmaslik tavsiya etilgani haqida xabar berilgandi. Maktablar 3-aprelga qadar yopilgan, restoran va barlar soat 18:00 ga qadar ishlaydi. Shuningdek, futbol bo‘yicha Italiya chempionati hamda boshqa sport tadbirlari bekor qilingan. Italiya koronavirusdan o‘lim holatlarining foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha jahonda birinchi o‘rindagi mamlakatga aylandi. Shuningdek, mamlakatning Pyemont viloyati hokimi koronavirus yuqtirib olgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan.

Epidemiya tarqalgan Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida 24 kishida koronavirus aniqlangan va 22 kishi vafot etgan. Butun epidemiya davri mobaynida mamlakatda 80 778 kishi koronavirus bilan kasallangan va 3158 kishi vafot etgan.

Mavzuga doir: 

Eronda esa virusni yuqtirib olganlar soni sakkiz mingdan oshib ketgan, vafot etganlar soni esa 219 kishini tashkil etmoqda. Janubiy Koreyada 7775 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, 60 kishi vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют