» » Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga 40 mln yevro ajratdi

Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga 40 mln yevro ajratdi


O‘zbekiston hukumati va Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi budjetini qo‘llab-quvvatlash va qo‘shimcha yordam berish uchun 40 million yevro miqdorida moliyalashtirish shartnomasini imzoladi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi saytida xabar berildi.

“Taklif etilayotgan chora-tadbirlar O‘zbekiston hukumatiga agrar oziq-ovqat sektorini rivojlantirishning 2020–2030-yillarga mo‘ljallangan yangi davlat strategiyasini amalga oshirishga ko‘maklashish, fermer va agrofirmalarga yordam ko‘rsatadigan davlat xizmatlarini kuchaytirishni qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi”, — deyiladi xabarda.

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Eduards Stipraysning ta’kidlashicha, ushbu budjet ko‘magi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va hukumatga sohani isloh qilishni tezlashtirish va modernizatsiya qilishga yordam beradi.

“Qishloq xo‘jaligi mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun muhim tarmoq hisoblanadi. Ushbu mablag‘lar davlatga zamonaviy davlat xizmatlarini yaratishda hamda Markaziy Osiyodagi qimmatbaho qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetakchi ishlab chiqaruvchisi va eksportchisiga aylanishida yordam beradi”, — deydi Stiprays.

Mavzuga doir: 

O‘zbekistonda mamlakat qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020—2030-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi 2019-yilning oktabrida qabul qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 35) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют