» » Dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 128 mingga yetdi, ulardan 68 ming nafari to‘liq sog‘ayib ketdi

Dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 128 mingga yetdi, ulardan 68 ming nafari to‘liq sog‘ayib ketdi


Butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 128 ming kishidan oshib ketdi. Ulardan 68 mingdan ortig‘i davolanishga muvaffaq bo‘ldi, 4270 nafari vafot etgan. Bu haqda dunyo bo‘ylab koronavirus haqida ma’lumotlarni yig‘ayotgan Jon Hopkins universiteti xabar berdi.

Virusning eng yirik o‘choqlari Xitoy (81 ming), Italiya (12,4 ming), Eron (10 ming), Janubiy Koreya (7,8 ming), Fransiya, Ispaniya va Germaniya (2 mingga yaqin) hamda AQSh (987 nafar bemor) davlatlari bo‘lmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashilotining 12-mart holati bo‘yicha e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan bir sutka davomida Xitoyda 26 kishida koronavirus aniqlangan. Italiyada esa 2313 kishida (vafot etganlar soni mingdan oshib ketdi), Eronda — 968, Janubiy Koreyada — 114, Ispaniyada — 501, Fransiyada — 495, Germaniyada — 271, AQShda esa 291 nafar bemor aniqlangan.

Bundan tashqari, JSST ma’lumotlariga ko‘ra o‘tgan bir sutka ichida koronavirus yana to‘rtta davlat va hududlarda qayd etilgan: Fransuz Polineziyasi, Turkiya, Gonduras va Kot-d’Ivuar.

Mavzuga doir:

Avvalroq Kanada bosh vazirining rafiqasida koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgandi. Koronavirus sabab Fransiyadagi barcha ta’lim muassasalari yopiladigan bo‘ldi, Xitoyda esa koronavirus tarqalishi kamayotgani ma’lum qilindi. Ta’kidlanishicha, COVID-19 koronavirus pandemiyasi 2020-yilning iyun oyiga borib pasayishni boshlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют