» » Superliga. “Bunyodkor” Olmaliqda mag‘lubiyatga uchradi

Superliga. “Bunyodkor” Olmaliqda mag‘lubiyatga uchradi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 3-turida OKMK 13-mart, juma kuni “Bunyodkor”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 19-daqiqasida Murod Toshmatov olmaliqliklarni oldinga olib chiqdi. 86-daqiqada Hojimat Erkinov hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Shu tariqa Mirjalol Qosimov shogirdlari mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritgan holda ochkolarini 5 taga yetkazib oldi. “Bunyodkor” (6) esa ketma-ket ikki g‘alabadan keyin mag‘lubiyatni tan oldi.

Superliga

3-tur bahsi

13-mart, juma

Gollar: 1:0 — 19 Toshmatov, 2:0 — 86 Erkinov.

OKMK: Suhrob Sultonov, Akmal Shorahmedov, Igor Zonich, Sardor Rahmonov, Saydullo Rahmatov, Dilshod Jo‘rayev, Mirjamol Qosimov (Erkin Baydullayev, 65), Bahrom Abdurahimov, Sanjar Tursunov (Hojimat Erkinov, 66), Zafar Polvonov, Murod Toshmatov.

“Bunyodkor”: Abdumavlon Abdujalilov, Islom Qobilov, Anvar G‘ofurov, Dilshod Ahmadaliyev, Jasur Jaloliddinov, Lutfulla To‘rayev, Mirjahon Mirahmadov (Bahodir Pardayev, 59), Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov, Suhrob Izzatov (Abdulla Abdullayev, 87), Humoyun Murtazoyev (Farrux Ikromov, 56).

Ogohlantirishlar: Abdurahimov (35), Shorahmedov (57), Qobilov (59), Jaloliddinov (63).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 51) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют