» » Boulevard Business Center — Biznesingizning omadli hududi

Boulevard Business Center — Biznesingizning omadli hududi


Dream City Development kompaniyasi Tashkent City XIM hududida zamonaviy biznes-markazini taqdim etadi.

Boulevard Business Center — bu omadli biznes va vaqtingizni sermazmun o‘tkazish uchun maksimal darajada o‘ylangan zamonaviy maskan. Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazidan 4 000 kvadrat metr hududni egallagan Boulevard biznes-markazi ikki qavatli o‘ziga xos futuristik me’moriy binolarga ega.

Markazning birinchi qavati tijoriy hudud bo‘lib, u 111 dan 205 kvadrat metrgacha maydonga ega 14 ta savdo joyi. Birinchi qavat shiftlarining yetti metr baland ekanligi joy egasiga kelgusida lozim bo‘lsa binoni ikki qismli makonga aylantirish imkonini beradi.

Ikkinchi qavatda esa shift balandligi 5 metrdan balandroq, 75 dan 159 kvadrat metrgacha maydonga ega bo‘lib, ofislar uchun 16 ta joy mo‘ljallangan. Boulevard biznes-markazidagi ofislar tayyor ta’mirlangan holda topshiriladi. Bu esa kelajakda bino egalari uchun ish maydonini tashkil qilishga ketadigan vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi.

Ishdan bo‘sh vaqtda hordiq chiqarish yoki norasmiy shaklda muzokaralarni o‘tkazish uchun biznes-markazning ikkinchi qavatida ochiq terassa bo‘lib, u yerda Tashkent City parki hamda Boulevard turar joy majmuasining hiyoboni manzarasidan zavq olish mumkin.

Ofis xizmatchilari, ularning hamkorlari va kompaniya mijozlarini bo‘sh  avtoturargoh joylarni izlab yurishdan xalos qilish uchun qo‘riqlanadigan yer osti avtoturargohi ko‘zda tutilgan.

Boulevard biznes-markazi poytaxtning qoq o‘rtasi, qulay va nufuzli yerda, xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida joylashganligi bilan ajralib turadi. Qulay joylashuv ko‘p sonli aholi, Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi mehmonlari va turistlar ham yuqori xaridorlar oqimini ta'minlaydi.

Yanada to‘liqroq ma’lumot olish uchun sizni Dream City Development sotuv ofisiga taklif etamiz, bu yerda ko'chmas mulk bo‘yicha mutaxassilarimiz sizga eng mos variantni tanlashda yordam berishadi. Biz har kuni, dam olish kunlarisiz soat 9:00 dan 19:00 gacha ishlaymiz.

Yagona ma’lumot markazi: (+998) 71?202?22?22.

Manzil: Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasi tomon yo‘l.

Sayt: dreamcity.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют