» » Uzbekistan Airways 17-mart kuni Moskvadan Toshkentga charter reysni amalga oshiradi

Uzbekistan Airways 17-mart kuni Moskvadan Toshkentga charter reysni amalga oshiradi


Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020-yil 17-mart kuni Toshkent—Moskva—Toshkent yo‘nalishida chet el fuqarolarini Moskvaga olib borish va O‘zbekiston fuqarolarini Moskvadan Toshkentga olib kelish uchun parvozlarni amalga oshiradi. Bu haqda aviakompaniya tomonidan ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, Toshkentdan reys soat 10:00 da, Moskvadan esa mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da amalga oshiriladi. Tushunmovchiliklarni bartaraf etish uchun kompaniya birinchi navbatda 16, 17, 18-mart kunlari bekor qilingan reyslarning yo‘lovchilarini samolyotga qabul qiladi.

Mavzuga doir: Uzbekistan Airways mahalliy va xalqaro aviaqatnovlarni bekor qildi

Ushbu reys bilan Toshkentga kelgan yo‘lovchilar vaqtincha karantinga joylashtiriladi. Shu munosabat bilan aviakompaniya mazkur reys yo‘lovchilarining qarindoshlaridan ularni kutib olish uchun Toshkent shahridagi aeroportga kelmaslikni so‘ragan.

Yo‘lovchilarning vaqtincha karantinda turishi masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligiga +99871 276-49-66 telefon raqami orqali murojaat qilish mumkinligi eslatib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, 16-martdan boshlab O‘zbekiston koronavirus sabab avia va avtoqatnovlarni to‘xtatdi. Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish bo‘yicha charter reyslar amalga oshiriladi. Xususan, Latviya va Erondan amalga oshiriladigan charter reyslarida olib kelinadigan fuqarolar Namangan viloyatidagi ikkita tibbiy muassasada karantinga joylashtiriladi.

Mavzuga doir: “Aeroflot” O‘zbekistonga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют