» » “Dokani olib, niqob tikasiz — bu qiyin emas”. Deputat Maqsuda Vorisova — niqob tanqisligi haqida

“Dokani olib, niqob tikasiz — bu qiyin emas”. Deputat Maqsuda Vorisova — niqob tanqisligi haqida


“O‘zbekiston” telekanalida 16-mart kuni efirga uzatilgan “Munosabat” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida koronavirus haqida so‘z bordi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Maqsuda Vorisova so‘zga chiqib, himoya vositalari haqida gapirdi.

Deputatning ta’kidlashicha, kishi koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqishga majbur.

“Uni 10 yoki 20 kun taqmaysiz. Mana, o‘zimizda marlya (doka) bor. Shundan tikib olish mumkin. Uni har uch soatda almashtirish, sovunli suvda yuvib, dazmollash kerak. Agar bitta niqob bilan kun bo‘yi yursak, infeksiyani niqobga yig‘ib olamiz”, — dedi Maqsuda Vorisova.

“Niqob tanqisligi bo‘lyapti? Marlya olasiz va tikasiz — bu qiyin narsa emas. Fuqaro koronavirusdan himoyalanish uchun oddiy doka niqobdan foydalanishi mumkin. Lekin bemorlar bilan muomala qiladigan shifokorlar to‘liq yopiladigan, respirator shaklidagi niqob taqishi shart”, — dedi u.

Mavzuga doir:

Avvalroq O‘zbekiston bosh vaziri tibbiy niqoblar va tibbiyot kombinezonlarini ishlab chiqarish hajmi oshirilgani, mamlakatda yetarli darajada zaxira shakllantirilganini ta’kidlagan bo‘lsa-da, ayrim dorixonalarda tibbiyot niqoblari sotuvda qolmagan.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” assotsiatsiyasi O‘zbekistonda bir kunda 500 ming dona tibbiy niqob ishlab chiqarilayotganini, mamlakatdagi ishlab chiqarish quvvatlari bir kunda tayyorlanadigan niqoblar sonini ikki million donagacha yetkazish imkonini berishini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют