» » Keysuke Xonda beshta mintaqada gol urgan ilk futbolchiga aylandi

Keysuke Xonda beshta mintaqada gol urgan ilk futbolchiga aylandi


Yaponiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Keysuke Xonda beshta mintaqada gol urgan holda o‘ziga xos rekord o‘rnatdi.

Yaponiyalik futbolchi “Botafogo” safidagi ilk golini urdi, bu Xonda uchun Janubiy Amerikadagi debyut gol bo‘ldi. Avvalroq futbolchi Yevroosiyo, Shimoliy Amerika va Avstraliyada to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgandi.

JARda o‘tgan 2010-yilgi Jahon Chempionatida futbolchi ikkita to‘p kiritgandi. Shu tariqa Xonda beshta mintaqada gol urgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi.

Xonda Yaponiyadan 2008-yilda Yevropaga keladi va “Venlo”, “Vitess”, SSKA hamda “Milan” kabi jamoalarda to‘p suradi. Meksikada “Pachuka”, Avstraliyada esa “Melbrun Viktori”da o‘ynagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют