» » Angrenda Nexia’ni olib qochgan yigitlar YTHga uchradi

Angrenda Nexia’ni olib qochgan yigitlar YTHga uchradi


Angrenda Nexia’ni olib qochgan 4 nafar shaxs YTHga uchradi, deb xabar bermoqda IIV Tergov demartamenti.

Ma’lum bo‘lishicha, 12-mart kuni soat 00:00 da 19 yoshli B.U. jinoiy sheriklari, 17 yoshli D.P., 16 yoshli A.A. va 15 yoshli A.R. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, Angren shahrida joylashgan avtomashinalarni yuvish shoxobchasiga kelgan. 47 yoshli qorovul X.I.ga qarab turish uchun qoldirib ketilgan, 50 yoshli X.Sh.ga tegishli Nexia kalitini undan yashirincha o‘g‘irlab avtomashinani olib qochib, hodisa joyidan yashiringan.

Ammo Angren shahar Birlik ko‘chasida B.U. boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chekkasida joylashgan devorga olib borib urgan. To‘qnashuv natijasida hech kim jarohat olmagan.

Holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “b” bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, avtomashina olib qochuvchilar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga doir: Angrenda daryoga tushib ketgan otlar qutqarildi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют