» » AQSh Ozbekiston xalqining ozgarmas sherigi bolib qoladi. Donald Tramp Navroz munosabati bilan Shavkat Mirziyoyevga tabrik yolladi

AQSh Ozbekiston xalqining ozgarmas sherigi bolib qoladi. Donald Tramp Navroz munosabati bilan Shavkat Mirziyoyevga tabrik yolladi


Ozbekistonda amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar dasturining royobga chiqayotgani AQSh prezidenti Donald Trampga mamnuniyat bagishlamoqda. Amerika rahbari bu haqda Navroz bayrami munosabati bilan Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga yollagan tabriknomasida takidlab otgan.

Navroz Siz va Ozbekiston xalqiga shodlik va farovonlik olib kelishini tilayman. Navroz tinchlik va yangilanish ramzi bolmish oziga xos bayramdir. Ushbu ayyom ayniqsa joriy yilda katta ahamiyatga ega, chunki mamlakatlarimiz Afgonistonda tinchlik va barqarorlikni taminlash yolida muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda, deyiladi AQSh prezidentining tabrik xatida.

Siz amalga oshirayotgan keng kolamli islohotlar dasturi royobga chiqayotganini korish menga mamnuniyat bagishlaydi. Yanada yuksak ravnaq sari shu yoldan harakat qilar ekansiz, Qoshma Shtatlar Siz va Ozbekiston xalqining qatiy va ozgarmas sherigi bolib qoladi. Navroz muborak!, deya qoshimcha qilgan prezident Donald Tramp.

Mavzuga doir:Yaratganning ozi hammamizni panohida asrasin!. Prezident Mirziyoyevning Navroz tabriknomasi

Prezident matbuot xizmatining qoshimcha qilishicha, Navroz bayrami munosabati bilan Qozogiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Qirgiziston prezidenti Soronboy Jeenbekov, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy, Falastin prezidenti Mahmud Abbos, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaliz, Saudiya Arabistoni valiahdi Muhammad ibn Salmon, BAA vitse-prezidenti, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktumdan ham Prezident Mirziyoyev nomiga qutlovlar kelgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (21-03-2020, 14:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 36) ( 0) ( 36) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -