» » O‘zbekistonning 253 nafar fuqarosi charter reys orqali Novosibirskdan olib kelindi

O‘zbekistonning 253 nafar fuqarosi charter reys orqali Novosibirskdan olib kelindi


22-mart, yakshanba kuni, Uzbekistan Airways Tolmachyovo aeroportidan Novosibirsk—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter qatnovini amalga oshirdi. Samolyotda 253 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.

Kompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur qatnov transport vazirining birinchi o‘rinbosari  Ilhom Mahkamov, boshqaruv raisining o‘rinbosari, tijorat va turizm bo‘yicha direktori vazifasini bajaruvchisi Shuhrat Xudoyqulov hamda Tashqi ishlar vazirligi komissiyasi a’zolari ko‘magida va yordamida amalga oshirildi.

Yo‘lovchilar Prezident Shavkat Mirziyoyevga, bosh vazir Abdulla Aripov hamda aviakompaniyaning charter qatnovlari jadvalini ishlab chiqargan Maxsus respublika komissiyasiga minnatdorchilik bildirgan.

Uzbekistan Airways’ning keyingi charter qatnovlari haqidagi barcha ma’lumotlar aviakompaniya saytida va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinishi aytilgan.

Mavzuga doir: “Epidemiya tugaguncha, Rossiyada bo‘lib turaylik. O‘zbekistonga yordamimiz shu bo‘lsin”. Yurist Rossiyadagi vatandoshlarga murojaat qildi

Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xorijdagi vatandoshlarni O‘zbekistonga qaytarish haqida ko‘rsatma bergan edi.  Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Jahongir Xidayxo‘jayevning ma’lum qilishicha, Rossiya, Turkiya, Misr, Hindiston, Malayziya, Janubiy Koreyadan 7 ta charter reys orqali jami 1750 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarilgan bo‘lib, ular 14 kunlik karantinga olingan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xorijiy fuqarolarning RF hududida vaqtincha bo‘lish muddatlarining uzaytirilgani yuzasidan izoh berdi

Eslatib o‘tamiz, 16-martdan boshlab xorijiy davlatlar bilan barcha aviareyslar bekor qilinib, avtotransport vositasida O‘zbekistonga kirish-chiqish to‘xtatildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar 45 nafarni tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют