» » Jakartadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan o‘zbekistonliklar “Jo‘yizar” sog‘lomlashtirish maskanida karantinga olindi

Jakartadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan o‘zbekistonliklar “Jo‘yizar” sog‘lomlashtirish maskanida karantinga olindi


Kecha, 23-mart kuni, Uzbekistan Airways Jakarta—Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha charter qatnovini amalga oshirdi, deb xabar bermoqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Samolyotda 54 nafar yo‘lovchi olib kelingan. Ularning 28 nafari erkak, 26 nafari ayoldir. Ushbu qatnov bilan kelgan barcha yo‘lovchilar “Jo‘yizar” sog‘lomlashtirish maskanida ikki haftalik karantinga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus paydo bo‘lishi munosabati bilan joriy etilgan karantin choralari doirasida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 16-martdan xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha barcha qatnovlarni bekor qilgan edi. Hozirda xorijdagi fuqarolar charter reyslar orqali mamlakatga olib kelinmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonning 253 nafar fuqarosi charter reys orqali Novosibirskdan olib kelingani, Seuldan charter reys orqali olib kelingan 196 nafar o‘zbekistonlik Namangandagi “Chortoq” sanatoriysiga joylashtirilgani, Mudofaa vazirligi karantinga olingan hududlarda nazoratni kuchaytirgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek, Uzbekistan Airways ekipaji noqulay epidemiologik holatdagi mamlakatlardan qaytganidan so‘ng, karantinda bo‘lishi sababli xorijiy fuqarolarni O‘zbekistondan olib chiqish bo‘yicha charter reyslarni tashkil etish 3 kunga qoldirilgani ma’lum qilingandi.

Mavzuga doir: Namanganga Latviya va Erondan uchib kelgan yo‘lovchilar 14 kunlik karantin uchun sanatoriy va shifoxonaga joylashtirildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-03-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют