» » AQSh koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha Xitoydan ham o‘tib ketdi

AQSh koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha Xitoydan ham o‘tib ketdi


AQSh 26-mart kuni koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Ayni vaqtda AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 85 653 kishini tashkil etmoqda. Virus oqibatida vafot etganlar soni 1178 kishiga yetgan, 619 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Koronavirus pandemiyasi o‘chog‘i hisoblangan Xitoy esa kasallar soni bo‘yicha ikkinchi o‘ringa tushgan. U yerda COVID-19 virusini yuqtirib olganlar soni 81 782 kishini tashkil etmoqda. Vafot etganlar soni 3291 kishiga teng, 74 181 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Italiya esa koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha uchinchi, vafot etganlar soni bo‘yicha — birinchi o‘rinda ketmoqda. Mamlakatda 80 589 kishi koronavirus yuqtirib olgan, 8215 kishi vafot etgan, 10 361 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir:

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar 500 mingdan, kasallik tufayli vafot etganlar 23 ming kishidan oshgan. O‘zbekistonda esa koronavirus bilan kasallanganar soni 75 nafarga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют