» » O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda shifokorlarning ko‘ngilli sifatida ishtirok etish tartibi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda shifokorlarning ko‘ngilli sifatida ishtirok etish tartibi ma’lum qilindi


Koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash ishlariga tibbiyot xodimlari ko‘ngilli sifatida jalb etilishi mumkin. Bu haqda davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov 30-mart kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlarni davolash ishlariga yordam berish istagidagi ko‘ngilli tibbiyot xodimlari hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmasiga murojaat qilishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmalari bunday ko‘ngilli tibbiyot xodimlari ro‘yxatlarini shakllantiradi. Aynan ana shu ro‘yxatlar orqali tibbiyot xodimlari koronavirus bilan kasallanganlar davolanadigan shifoxonalarga yollanadi.

Ma’lum qilinishicha, bemorlarni davolash bilan shug‘ullanayotgan shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlari har 14 kunda o‘rin almashyapti. Ko‘ngilli sifatida jalb qilinganlarning xizmatidan foydalanishga birinchi marta ehtiyoj bo‘lmasa, ular tibbiy xodimlarning navbatdagi brigadasiga qo‘shilishi mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etadigan shifokorlar va boshqa xodimlar har 14 kunlik faoliyat davri uchun Prezident tomonidan maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilangan. Unga ko‘ra, vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga — 25 million so‘m; o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga — 15 million so‘m; kichik tibbiyot xodimlariga — 10 million so‘m; boshqa xodimlarga — 5 million so‘m. Shuningdek, bemorlar bilan ishlash davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘m to‘lanadi.

Toshkentda koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarning bir guruhi 29-mart kuni o‘rin almashdi. Shuningdek, koronavirusga chalingan yetti nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют