» » Tesla Cybertruck modelini eng ko‘p buyurtma qilgan davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi

Tesla Cybertruck modelini eng ko‘p buyurtma qilgan davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi


Tesla kompaniyasi o‘zining Cybertruck modeli yordamida AQShda pikaplarni elektrlashtirish orqali elektromobillar savdosini rivojlantirish niyatida, deb xabar beradi 3Dnews.

AQShda pikaplarga bo‘lgan talab juda yuqori. Shuningdek, ma’lum bo‘lishicha, Tesla’ning yangi elektromobil pikapiga bo‘lgan qiziqish ham katta.

Cybertruck modeli namoyish etilgach, Tesla 100 dollar depozit kiritish orqali uning dastlabki buyurtmalarini qabul qila boshladi. Kompaniya rahbari Ilon Maskning so‘zlariga ko‘ra, ikki kun ichida elektropikapga 150 mingdan ortiq dastlabki buyurtma kelib tushgan, bir haftadan so‘ng, ularning soni 250 mingdan oshgan. Shundan so‘ng, kompaniya buyurtmalar statistikasini yangilashni to‘xtatgan, biroq hisob-kitoblarga ko‘ra, 89 kun ichida buyurtmalar soni 500 mingga yetgan.

1800 dan ortiq Tesla ishtiyoqmandlari tomonidan yig‘ilgan hamda CybertruckTalk.com resursidagi ma’lumotlar bo‘yicha Tesla Cybertruck’ka qaysi davlatdan ko‘proq buyurtma kelib tushgani aniqlandi:

Mavzuga doir: 

CybertryckTalk.com forumi hisob-kitoblariga ko‘ra, iste’molchilarning 17 foizi qiymati 40 ming dollardan boshlanadigan bir motorli modelga buyurtma bergan. Aksariyat qismi esa narxi 50 ming dollardan boshlanadigan ikki va uch motorli modellarni tanlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют