» » O‘zbekistonda yana bir bemor koronavirusdan tuzalib, reabilitatsiyaga jo‘natildi

O‘zbekistonda yana bir bemor koronavirusdan tuzalib, reabilitatsiyaga jo‘natildi


31-mart, seshanba kuni, koronavirusga chalingan bemorlardan yana biri butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, ushbu fuqaro 14-mart kuni London—Toshkent yo‘nalishidagi reys bilan Toshkentga kelgan. 16-mart kuni unda koronavirus borligi tasdiqlangan. Shu kungacha u Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida to‘liq davolangan.

O‘zbekistonda 31-mart soat 17:30 holatiga ko‘ra, yetti nafar bemor sog‘aygani xabar berilgan edi. Ularni shaxsan sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov reabilitatsiya markaziga kuzatgandi.

Ayni paytda mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 167 nafarni tashkil qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют