» » JSTning rasmiy vakili tibbiy niqobning o‘zi koronavirusdan himoya qilolmasligini aytdi

JSTning rasmiy vakili tibbiy niqobning o‘zi koronavirusdan himoya qilolmasligini aytdi


Sog‘lom odamlar niqob taqishi shart emas va niqobning o‘zi koronavirusdan himoyalashni kafolatlamaydi. “RIA Novosti”ning yozishicha, bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining rasmiy vakili Tarik Yazaryevich ma’lum qilgan.

“Bizning bu boradagi fikrimiz o‘zgarmadi. Sog‘lom odamlarning tibbiy niqob taqishi talab etilmaydi. Kasallik alomatlari bo‘lganlar esa boshqalarni himoya qilish uchun niqob taqishi kerak. Shuningdek, bemorlarga qarayotganlarning barchasi kasallik yuqtirib olmasligi uchun tibbiy niqob taqishi shart”, — degan u.

Mavzuga doir:

JSST vakilining ta’kidlashicha, tibbiy niqobning o‘zi koronavirusdan himoya qilishni kafolatlamaydi.

“U boshqa choralar bilan birgalikda qo‘llanilishi lozim. Muammo shundaki, niqob taqqan odamlarda himoyalanganlikning yolg‘on hissi paydo bo‘lib, qo‘lni yuvish kabi boshqa narsalarni unutishi mumkin. Shuningdek, niqobni to‘g‘ri taqishni bilmasangiz, yuzingizga odatdagidan ham ko‘proq tegishni boshlaysiz”, — deya qo‘shimcha qilgan u.

Mavzuga doir: 

Uning ta’kidlashicha, butun dunyodagi shifokorlar va tibbiyot xodimlari birinchi navbatda yetarli darajada barcha himoya vositalariga ega bo‘lishi lozim. Buning uchun esa ularning oddiy odamlar tomonidan ommaviy sotib olinishini cheklash lozim.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 25-martdan boshlab jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlangan. Niqobsiz yurgan shaxslar jarimaga tortiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют