» » Shvetsiyalik erkak bog‘chadan nevarasi o‘rniga boshqa bolani olib keldi

Shvetsiyalik erkak bog‘chadan nevarasi o‘rniga boshqa bolani olib keldi


Shvetsiyaning Buros shahrida yashovchi erkak bog‘chadan nevarasi o‘rniga boshqa bolani olib keldi, deb yozadi Aftonbladet.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tasodifan yuz bergan. Erkak uyiga kelganidan so‘ng bog‘chadan olib kelgan qizcha uning nevarasi emasligini bilgan.

Qayd etilishicha, begona qizchani birinchi bo‘lib erkakning rafiqasi payqagan. U shu zahotiyoq bog‘cha ma’muriyatiga qo‘ng‘iroq qilgan. Qizchani darhol yana bog‘chaga olib borishgan.

“Yuz bergan holatda bizning ham aybimiz bor. Biz ushbu holatga jiddiy yondashdik va kelgusida bunday vaziyatlarning oldini olish maqsadida tegishli choralarni ko‘rdik”, — deydi bog‘cha direktori.

Boboning aytishicha, qizcha uning oldiga yugurib kelgan va u bilan bamaylixotir uyga ketgan. Qizchalarning yoshi teng bo‘lgan va ularning ismi ham bir-biriga o‘xshash, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 24) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют