» » Xiaomi simsiz Air 2S naushniklarini taqdim etdi. U bir marta quvvatlanish orqali 24 soat ishlay oladi

Xiaomi simsiz Air 2S naushniklarini taqdim etdi. U bir marta quvvatlanish orqali 24 soat ishlay oladi


Xiaomi kompaniyasi ikki yadroli protsessorga ega Mi Air 2S naushniklarini taqdim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru. Mazkur protsessor naushnikning har bir tomoniga ovozning smartfondan kelishidagi kechikishni kamaytiradi — o‘n va chap naushniklari orasida tafovut bo‘lmaydi.

Bu esa ovoz kechikishlarisiz o‘yin o‘ynash, video ko‘rish va musiqa tinglash imkonini beradi.

Mi Air 2S naushniklari ochiq shakldagi ko‘rinishga ega — bu quloqni to‘liq yopmaydi, shu sababli u taqilgan bo‘lsa ham atrofdagi ovozlarni eshitish mumkin. Bu kabi formatdan Apple o‘zining AirPods’larida foydalangan.

Shuningdek, naushnikka o‘rnatilgan yangi chip uning energiya samaradorligini oshirgan. Alohida olinganda naushniklar bir marta quvvatlanish bilan 5 soat ishlay oladi, keysi bilan birgalikda avtonomlik 24 soatgacha yetishi mumkin. Keysning o‘zi Qi standarti bo‘yicha simsiz quvvatlantiriladi, simli quvvatlantirish uchun USB Type-C’dan foydalaniladi.

Mi Air 2S boshqa xususiyatlari bilan oddiy Mi Air 2’ga o‘xshash. Naushniklar quloqdan olinsa, musiqa avtomatik tarzda to‘xtaydi. Naushniklardan biriga teginish orqali qo‘shiqni o‘zgartirish va qo‘ng‘iroqlarga javob berish imkoniyati mavjud.

Hozirda Xiaomi Mi Air 2S naushniklariga 399 yuan (58,5 dollar) evaziga oldindan buyurtma berish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют