» » AQShda 39 yil “izolyatsiyada bo‘lgan” Ford Mustang kimoshdiga qo‘yildi

AQShda 39 yil “izolyatsiyada bo‘lgan” Ford Mustang kimoshdiga qo‘yildi


eBay’da 1969-yili ishlab chiqarilgan kamyob Ford Mustang Boss 429 sotuvga qo‘yilgani haqida e’lon paydo bo‘ldi. Umumiy hisobda 21,3 ming kilometr masofa bosgan ushbu mashina 1981-yildan buyon bir kilometr ham yurmagan — qariyb qirq yildan buyon garajda saqlangan, deb xabar beradi Motor.

Ushbu modelga NASCAR poygalari uchun mo‘ljallangan 429 dvigatelining takomillashtirilgan versiyasi o‘rnatilgan bo‘lib, u Chrysler’ning 426 Hemi motoriga raqobatchi bo‘lishi kerak edi. Qoidaga ko‘ra shu turdagi motor o‘rnatilgan avtomobildan kamida 500 nusxa ishlab chiqarishga ruxsat berilgan. Shu sabab 1969-yilda 859 ta, 1969-yilda esa 499 tagina model yig‘ilgan. Shunday qilib, ushbu model jami 1359 nusxada ishlab chiqarilgan.

Texnik ma’lumotlarga ko‘ra, Mustang Boss 429 dvigateli 380 ot kuchiga ega. Avtomobilni tashqi ko‘rinishi o‘sha davrdagi boshqa Mustang’lardan farq qilmaydi.

Kam nusxada ishlab chiqarilgani uchun Mustang Boss 429 eBay hamda Barret-Jackson’ning haqiqiy xazinasiga aylangan. Masalan, 2008-yilda shu turdagi modellardan biri 375 ming dollarga sotilgan bo‘lsa, 2016-yilda qayta tiklangan avtomobil kimoshdi savdosida 500 ming dollarga egasini topgan.

Hozirda 1969-yilgi Ford Mustang Boss’ning boshlang‘ich narxi 166 300 dollarni tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют