» » Qashqadaryoda urush faxriylariga mashina olish uchun sertifikatlar topshirildi

Qashqadaryoda urush faxriylariga mashina olish uchun sertifikatlar topshirildi


Qashqadaryoda 9-may umumxalq bayrami — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari, yoshlar Ikkinchi jahon urushi va mehnat faxriylari xonadonida bo‘lib, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatmoqda, ko‘ngillarini ko‘tarib, uy yumushlariga ko‘maklashmoqda, deya xabar bermoqda O‘zA.

O‘zbekiston Prezidentining 4-apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z uy-joyiga ega bo‘lmaganlarga turar joy ajratish kabi ezgu ishlar amalga oshirilmoqda.

GM Uzbekistan qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan zamonaviy avtomobillarni bir martalik navbatsiz sotib olish va ularga bepul texnik xizmat ko‘rsatish uchun imtiyozli sertifikatlar tantanali ravishda topshirilmoqda. Bunday tadbirlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom etmoqda.

Urush yillarida viloyatimizdan 47 mingdan ortiq fuqaro, jumladan, 96 xotin-qiz janggohlarda ishtirok etgan. Ularning yarmidan ko‘pi ortga qaytmagan. Ayni paytda viloyatda 120 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi hayot.

Ularga doimiy ravishda tibbiy va moddiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Nogironlik aravachasi va boshqa zarur vositalar ajratilib, sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil etilmoqda.

Yanvar Inoyatov, “Nuroniy” jamg‘armasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi raisi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-04-2017, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют