» » Xorijdan O‘zbekistonga qaytish istagidagi fuqarolarning yangi ro‘yxati tuzilmoqda

Xorijdan O‘zbekistonga qaytish istagidagi fuqarolarning yangi ro‘yxati tuzilmoqda


Xorijiy davlatlarda bo‘lib turgan va vatanga qaytish istagini bildirgan O‘zbekiston fuqarolarining ro‘yxati tuzilib, u muntazam yangilanmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Avazbek Hojimatov 7-aprel kuni o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Tashqi ishlar vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, yangi charter reyslarini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Qayd etilishicha, xorijdan vatanga qaytish istagini bildirgan fuqarolar ro‘yxati tuzilib, u muntazam yangilanmoqda. Charter reyslarini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish uchun Respublika maxsus komissiyasi, vakolatli vazirlik va idoralarga kiritilgan.

Avazbek Hojimatovning aytishicha, hozirgacha mamlakatda xorijlik mutaxassis sifatida Janubiy Koreyadan taklif etilgan shifokor faoliyat ko‘rsatmoqda. U 29-mart kuni, ya’ni aviareyslarni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror chiqishidan avval O‘zbekistonga kirib kelgan.

Shuningdek, Xitoy va Janubiy Koreyadan boshqa mutaxassislarni taklif qilish bo‘yicha muzokaralar davom ettirilmoqda. Mutaxassislarning qachon va qanday tartibda O‘zbekistonga olib kelinishi bo‘yicha Respublika maxsus komissisiyaning qarori qabul qilinishi kutilmoqda.

Avvalroq, xorijiy davlatlarda koronavirusga chalingan O‘zbekiston fuqarolarining soni ma’lum qilingan edi. Shuningdek, Pokistondan 22 nafar o‘zbekistonlik maxsus reys bilan Toshkentga qaytarilgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют