» » AQSh koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha dunyoda ikkinchiga aylandi. Bir sutkada 1965 bemor vafot etdi — bu yangi antirekord

AQSh koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha dunyoda ikkinchiga aylandi. Bir sutkada 1965 bemor vafot etdi — bu yangi antirekord


AQShda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus oqibatida 1965 kishi vafot etdi. Bu haqda Jon Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Mamlakatda COVID-19 koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon 14 817 kishi vafot etgan. Shunday qilib, AQSh koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha Ispaniyadan oldinga o‘tib (14 792 kishi), dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Hozircha koronavirus infeksiyasi qurbonlari soni bo‘yicha Italiya birinchilikda ketmoqda — 17 669 kishi vafot etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda koronavirus bilan kasallanganlar soni 432 ming kishidan oshgan, 23 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘lab koronavirusdan vafot etganlar soni 88 ming kishidan oshgan.

6-aprel kuni AQShda koronavirus oqibatidagi o‘limlar soni bo‘yicha kunlik antirekord yangilangandi — bir sutkada 1736 bemor vafot etgan.

Mavzuga doir: Tramp koronavirus oqibatida 200 ming amerikalikning o‘lishini “yaxshi” ssenariy deb atadi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 546 kishiga yetdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShning Nyu-York shahrida koronavirusdan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni uch nafarga yetgan. Bundan tashqari, Armaniston, Qozog‘iston va Avstriyadagi O‘zbekiston fuqarolarida ham koronavirus aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют