» » Britaniyalik ayol koronavirusdan o‘lgan onasini dafn etayotganda vafot etdi

Britaniyalik ayol koronavirusdan o‘lgan onasini dafn etayotganda vafot etdi


Britaniyalik ayol koronavirusdan o‘lgan onasini dafn etish vaqtida vafot etdi, deb yozmoqda Daily Mail.

Unda aytilishicha, koronavirusdan vafot etgan 63 yoshli Juli Myorfini Uorikshirdagi Aterstoun qabristonida ko‘mishayotgan bo‘lgan. Dafn marosimida uning farzandlari, shu jumladan, 32 yoshli Lora Richards ham ishtirok etgan.

Shu vaqtda uning mazasi qochib hushidan ketadi. Dafn marosimidagilar unga yordam berishga shoshilgan, biroq ayolni qutqarib qolishning imkoni bo‘lmagan — u yurak xurujidan vafot etgan.

Lora Richards 8-aprel kuni ota-otasining qabri yoniga dafn etilgan. Karantin tufayli dafn marosimida faqat eng yaqin oila a’zolari ishtirok etishga ruxsat berilgani sababli u bilan 5 kishi vidolasha olgan, xolos.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 65 ming kishidan oshgan, qariyb 8 ming odam vafot etgan. Dunyo bo‘yicha esa kasallanganlar soni 1 million 611 ming kishidan oshib ketdi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют