» » Video: Mercedes kompaniyasi yangi chellenj doirasida asfaltga Audi’ning to‘rtta halqasini “chizdi”

Video: Mercedes kompaniyasi yangi chellenj doirasida asfaltga Audi’ning to‘rtta halqasini “chizdi”


Audi kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda Four Rings Challenge “to‘rt halqali chellenj”ni boshlab yubordi.

Chellenjga ko‘ra, brend ishqibozlari Audi logotipini istalgan narsa yordamida tasvirlashi kerak — bu ovqat yordamida bo‘ladimi yoki bolalar o‘yinchog‘i orqalimi — farqi yo‘q. Kutilmaganda ushbu chellenjga Mercedes-Benz kompaniyasi qo‘shilib, asfaltda AMG C 63 yordamida drift uyushtirib, to‘rtta halqani “chizdi”.

Hey Audi, #FourRingsChallenge accepted! As we're all united in the same passion, here we go with our creative contribution. @Audi, we hope you like the result and show us how your handwriting looks like.???? #Audi #Drift #C63 #DrivingPerformance

Geplaatst door Mercedes-AMG op Donderdag 9 april 2020

Audi halqalari qachonlardir nemis sanoatining to‘rtta ustuni ramzi bo‘lgan: Audi, Horch, bug‘li mashinalar ishlab chiqaruvchi Damp-Kraft-Wagen (DKW) hamda mototsikl ishlab chiqaruvchi Wanderer. 1930-yillarda ushbu kompaniyalar Auto Union nomi ostida birlashgan va halqalarning har biriga kompaniyaning ramzlari yozilgan. Halqali logotip 1969-yildan beri ishlatilmagan, biroq o‘tgan asrning 80-yillari o‘rtasida Audi yana o‘zining an’anaviy emblemasiga qaytgan.

Audi mazkur chellenjning eng yaxshi ishlarini to‘plab, Facebook’dagi sahifasi orqali e’lon qildi.

#FourRingsChallenge

Our global community has been using their time to get creative in the #FourRingsChallenge. Be part of it and find out more – https://www.audi.com/de/audi-together.html. #AudiTogether

Geplaatst door Audi op Zondag 5 april 2020



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 74) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют