» » Samarqandda karantin qoidalarini mensimay niqobsiz va mast holda yurgan shaxs 15 sutkaga qamaldi

Samarqandda karantin qoidalarini mensimay niqobsiz va mast holda yurgan shaxs 15 sutkaga qamaldi


Samarqandda karantin qoidalariga amal qilmasdan jamoat joyida niqobsiz va mast holda yurgan fuqaroga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 14-aprel kuni Samarqand shahar IIO FMB xodimlari fuqaro M.A.ni Navoiyshoh ko‘chasida karantin qoidalarini buzib, niqobsiz, maqsadsiz yurganligi va jamoat joyida spirtli ichimlik iste’mol qilganligini aniqlagan. Qoidabuzarlik bo‘yicha M.A.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtrilib, sudga oshirilgan.

Samarqand shahar ma’muriy sudining 2020-yil 13-apreldagi qaroriga ko‘ra, huquqbuzar M.A. Ma’muriy jaobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 1-qismi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) 187-moddasi 2-qismi (Jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish) bilan aybli deb topilib, unga 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan.

Qo‘shimcha qilinishicha, M.A. jamoat joyida spirtli ichimlik ichgani uchun ilgari ham bir necha bor ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Mavzuga doir:   



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 66) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют