» » Amazon asoschisi Jeff Bezosning boyligi bir kunda 6,4 mlrd dollarga ko‘paydi

Amazon asoschisi Jeff Bezosning boyligi bir kunda 6,4 mlrd dollarga ko‘paydi


Amazon kompaniyasining asoschisi, dunyoning eng badavlat insoni hisoblanuvchi Jeff Bezosning boyligi bir kun ichida 6,4 milliard dollarda ko‘paydi. Bu unga tegishli korporatsiyalarining aksiyalari qiymati rekord darajada o‘sishi fonida yuz berdi, deb yozadi Forbes.

Ta’kidlanishicha, 14-aprel kuni Nyu-York fond birjalarining yopilish vaqtida Amazon aksiyalarining narxi 5,3 foizga ko‘tarilgan. Shunday qilib, bir dona qimmatli qog‘oz narxi 2238 dollarga yetgan.

Buning natijasida Amazon’ning 11,2 foiz aksiyasiga egalik qiluvchi Bezosning boyligi 6,4 milliard dollarga ko‘payib (taxminan 5 foizga), 138 milliard dollarga yetgan. Ajrashish vaqtida kompaniyadan ulushga ega bo‘lgan Bezosning sobiq turmush o‘rtog‘i Makkenzining boyligi esa 2,2 milliard dollarga ortib, 44,8 milliard dollarga yetdi.

Umumiy hisobda inqirozga qaramay, Amazon aksiyalari yil boshidan buyon 20 foizga qimmatlashgan. Bunga koronavirus pandemiyasi sharoitida onlayn-gipermarketlar va yetkazib berish xizmatlariga bo‘lgan talabning ortib ketgani sabab bo‘ldi. Bloomberg’ning yozishicha, amerikaliklar hatto hojatxona qog‘ozini ham onlayn-do‘konlardan xarid qilmoqda.

Fevral oyining boshlarida Bezos Amazon’ning 1,74 milliard dollarlik aksiyalarini sotgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Dunyoning eng badavlat odamlari yil boshidan buyon qariyb 1 trln dollaridan ayrildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют