» » Xiaomi Redmi AirDots S taqdim etildi: hamyonbop naushniklar 13 dollarda sotuvga chiqadi

Xiaomi Redmi AirDots S taqdim etildi: hamyonbop naushniklar 13 dollarda sotuvga chiqadi


Xiaomi kompaniyasi smartfonlarga osonlikcha ulanadigan hamyonbop Redmi AirDots S naushniklarini taqdim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Ilk Redmi AirDots murakkab sxema bo‘yicha ishlardi — naushniklardan biri smartfonga ulanar, undan keyin ikkinchisi bilan muvofiqlashar edi. Yangi AirDots S qolgan simsiz naushniklar kabi ishlaydi — ikkisi ham bir vaqtda smartfonga ulanadi. Ulanish ancha tezkor, barqaror va kamroq vaqt talab etadi.

Yangi AirDots S tashqi ko‘rinishi bilan o‘zidan oldingi modeldan farq qilmaydi. Naushniklar bir marta quvvatlanish orqali 4 soat ishlay oladi, keys esa avtonomlikni 12 soatga qadar oshirib berishi mumkin. Musiqani boshqarish, ovozli yordamchini ishga tushirish va qo‘ng‘iroqlarga javob berish uchun imo-ishoralar tizimi mavjud — naushniklardan biriga teginish yoki barmoqni bosib turish kifoya.

Mavzuga doir: Xiaomi simsiz Air 2S naushniklarini taqdim etdi. U bir marta quvvatlanish orqali 24 soat ishlay oladi

Redmi AirDots S Xitoyda 99 yuandan sotilmoqda — bu taxminan 13 dollar atrofida. Yangi naushniklar qachon savdoga chiqishi noma’lum.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют