» » Britaniyada hali klinik sinovdan o‘tkazilmagan koronavirus vaksinasini ommaviy ishlab chiqarish boshlanadi

Britaniyada hali klinik sinovdan o‘tkazilmagan koronavirus vaksinasini ommaviy ishlab chiqarish boshlanadi


Oksford universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan COVID-19 vaksinasi hali klinik sinovlardan o‘tmay turib yaqin haftalarda ommaviy ishlab chiqarish boshlanadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

17-aprel kuni Oksford universiteti olimlari ishlab chiqarishga parallel ravishda klinik sinovlarining birinchi bosqichi uchun ko‘ngillilar jalb qilinayotganini bildirgan. Klinik sinovlar to‘liq ravishda sentabrga kelib yakunlanadi. Ungacha vaksinaning qariyb millionta dozasi ishlab chiqariladi.

Universitet rahbari Adrian Hill yangi vaksinaning muvafaqqiyatli bo‘lishi ehtimoli 80 foiz atrofida deb baholamoqda. Uning aytishicha, ushbu vaksina Buyuk Britaniya (3 ta), Yevropa (2 ta), Hindiston (1 ta) va Xitoyda(1 ta) joylashgan jami 7 ta tashkilotlar tomonidan hamkorlikda ishlab chiqariladi.

Reuters’da ta’kidlanishicha, agar sinov vaksinaning muvaffaqiyatli ekanligini ko‘rsatsa, undan shu zahotiyot ommaviy foydalansa bo‘ladi, aks holda keraksiz vaksina ishlab chiqarishdan keladigan zarar miqdori bir necha 10 million funt sterlingga teng bo‘ladi.

Ayni paytda vaksina bir qator davlatlar, jumladan, AQSh, Rossiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Turkiya va Xitoyda ishlab chiqarilmoqda.

Dunyoda birinchi bo‘lib COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksina sinovdan o‘tkazilgan odam amerikalik Jennifer Xaller bo‘ldi. Vaksina mRNA-1273 deb nomlanib, u Sietldagi Allergiya va yuqumli kasalliklar milliy institutida yaratilgan. Sinov uchun 45 nafar ko‘ngilli tanlab olingan. Ularning har biriga 28 kun davomida bir xil dozada 2 tadan inyeksiya qilinadi va ular 2021-yilning bahoriga qadar kuzatuvda bo‘ladi.

Mart oyi oxirlarida Britaniyadagi hVIVO tadqiqot guruhining koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish va shunga o‘xshash virusni yuqtirish dasturida ishtirok etishga 20 mingdan ortiq odam rozi bo‘lgan. 6-aprel kuni Turkiyada koronavirusga qarshi vaksina hayvonlarda muvaffaqiyatli test qilingan.

Avvalroq BMT bosh kotibi COVID-19 vaksinasini ishlab chiqish uchun koalitsiya tuzishni taklif qilgani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют