» » Devid Bekhem: Messi noyob futbolchi, uning darajasida birorta ham o‘yinchi yo‘q

Devid Bekhem: Messi noyob futbolchi, uning darajasida birorta ham o‘yinchi yo‘q


“Manchester Yunayted” va “Real” klublari sobiq yarim himoyachisi Devid Bekhem “Barselona” hujumchisi Lionel Messi va “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronalduni o‘zaro solishtirdi.

“Messi — noyob o‘yinchi, uning darajasiga hech kim yeta olmaydi. Ronaldu undan biroz ortda qoladi. Biroq ular o‘z darajasi bilan qolgan barcha futbolchilardan ustun sanaladi”, — deydi Bekhem.

Ma’lumot uchun, Messining hisobida oltita “Oltin to‘p” sovrini bor, Ronaldu esa besh bora ushbu sovringa ega chiqqan.

Mavzuga doir: XXI asrning eng yaxshi futbolchilari (fotogalereya)

Messi Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 22 o‘yin o‘tkazib, 9 gol va 12 ta samarali uzatma amalga oshirdi. Ronaldu esa A Seriyadagi 22 o‘yinda 21 gol va uchta golli pas muallifiga aylanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют