» » Dizayner, yozuvchi, prodyuser: Hind aktyorlari qaysi kasb egalariga uylangan?

Dizayner, yozuvchi, prodyuser: Hind aktyorlari qaysi kasb egalariga uylangan?


Yulduz va mashhurlarning nafaqat ijodi, balki shaxsiy hayoti ham muxlislar uchun qiziqarli hisoblanadi. Ayniqsa, o‘zining esda qolarli rollari bilan taniqli bo‘lgan Bollivud yulduzlari hamisha e’tibor markazida bo‘lgan. Quyida bir qancha mashhur aktyorlarning rafiqalari qaysi kasb egasi ekanligiga izoh berib o‘tamiz.

Shohruhxonning turmush o‘rtog‘i Gauri Xon — interyer dizayneri va prodyuser

Bollivud qiroli Shohruhxonning rafiqasi Kolkata Knight Riders hamda Red Chillies entertainment prodyuserlik kompaniyasi egalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, uning D’d?cor nomli interyer do‘koni ham bor. Gauri qat’iy tartib-intizom sabab o‘zini muvaffaqiyatga erishgan deb hisoblaydi. Bu hali hammasi emas, uning nomi bilan atalgan kompaniya ham bor va Gauri boshchiligidagi dizaynerlar jamoasi, mashhur mehmonxona va restoranlarni jihozlash bilan shug‘ullanadi.

Ritik Roshanning turmush o‘rtog‘i Syuzanna Roshan — interyer dizayneri

Bugunga kelib Ritikning sobiq turmush o‘rtog‘i deb aytiladigan Syuzanna ham interyer dizayneri. Qolaversa, u The Charcoal Project do‘koni sohibasi hisoblanadi.

Akshay Kumarning turmush o‘rtog‘i Tvinkl Khanna— interyer dizayneri, yozuvchi

Akshay Kumarning rafiqasi dizaynerlikdagi muvaffaqiyatli faoliyati sabab Elle D?cor xalqaro mukofotiga sazovor bo‘lgan. Tvinkl, shuningdek,? yozuvchi sifatida ham yaxshi ma’lum. U kitob yozishdan tashqari ba’zi-ba’zida The Times Of India singari nashrlarga maqola yozadi.

Amirxonning turmush o‘rtog‘i Kiran Rao— rejissor va prodyuser

Amirxonning rafiqasi Kiran Rao karyerasini rejissor yordamchisi sifatida boshlagan. “Mumbay kundaligi” filmi uning birinchi rejissorlik ishi bo‘lgan.

Sunila Shetti turmush o‘rtog‘i Mana Shetti — modelyer

Aktyorning rafiqasi faqatgina modelyerlik bilan cheklanmagan. U do‘konlar dizayni hamda bolalarga yordam ko‘rsatish dasturlarini tashkillashtirish bilan ham shug‘ullanadi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют