» » Habib Nurmagomedov Fergyuson—Getji to‘qnashuvida kimni favorit sifatida ko‘rayotgani ma’lum bo‘ldi

Habib Nurmagomedov Fergyuson—Getji to‘qnashuvida kimni favorit sifatida ko‘rayotgani ma’lum bo‘ldi


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov UFC 249 doirasida kechadigan Toni Fergyuson va Jastin Getji o‘rtasidagi jangda kimni favorit deb bilishi ma’lum bo‘ldi.

Bu haqda uning menejeri Ali Abdulaziz ma’lum qildi.

“Habib bo‘lajak raqibi Getji bo‘lishiga ishonchi komil. U Jastin Tonini nokautga uchrata olishiga ishonadi. Shu bilan birga, uning fikricha, bu Getji uchun og‘ir jang bo‘ladi”, — deydi Abdulaziz.

Fergyuson—Getji qarama qarshiligi g‘olibi sentabr oyida Nurmagomedovga qarshi jangda ishtirok etishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, UFC 249 musobaqasi 18-aprel kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan va unga ko‘ra, asosiy jang yengil vazn chempioni Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo Habib Rossiyadagi karantin sabab musobaqada ishtirok etolmaydigan bo‘ldi va uning o‘rnini Jastin Getji egalladi.

UFC 249 musobaqasi 9-may kuni Florida shtatidagi Jeksonvill shahrida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga doir: UFC prezidenti: Toni bilan jangning bekor bo‘lishida Habibning aybi yo‘q



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют