» » Jon Terridan Ronaldugacha. Joze Mourinyo qo‘l ostida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa

Jon Terridan Ronaldugacha. Joze Mourinyo qo‘l ostida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa


Transfermarkt portali “Tottenhem” bosh murabbiyi Joze Mourinyo qo‘l ostida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.

Mazkur terma jamoadan Mourinyoning asosan “Real” va “Chelsi”dagi sobiq shogirdlari o‘rin oldi. Ularning ba’zilari Joze bilan bir nechta klubda birga ishlagan.

Portugaliyalik mutaxassis boshqaruvida eng ko‘p uchrashuvda qatnashgan futbolchi Rikardu Karvalyu bo‘ldi. Himoyachi dastlab “Portu”da keyinchalik esa “Chelsi” va “Real”da vatandoshi qo‘l ostida to‘p surgan hamda ularda jami 281 o‘yin o‘tkazgan.

Ramziy terma jamoa bilan tanishing:

Darvozabon: Petr Chex (195 o‘yin);

Himoyachilar: Paulu Ferreyra (207), Jon Terri (266), Rikardu Karvalyu (281), Serxio Ramos (137);

Yarim himoyachilar: Nemanya Matich (159), Xabi Alonso (151), Frenk Lempard (215);

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (164), Mesut O‘zil (157), Didye Drogba (186).

Ma’lumot uchun, Joze Mourinyo murabbiylik faoliyati mobaynida “Portu”, “Chelsi”, “Inter”, “Real” va “Manchester Yunayted” kabi klublarni boshqargan. Hozirda mutaxassis “Tottenhem” ustozi hisoblanadi.

Mavzuga doir: Giggz, Bekhem, Runi. Aleks Fergyuson boshqaruvida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar ramziy terma jamoasi tuzildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 35) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют