» » Marselo: Ronaldu yoki Messi? Bu savol futbol olamidagi hammaning joniga tegdi

Marselo: Ronaldu yoki Messi? Bu savol futbol olamidagi hammaning joniga tegdi


“Real” klubi himoyachisi Marselo “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu va “Barselona” sardori Lionel Messini o‘zaro solishtirishni istamadi.

— Kim kuchli, Krishtianu yoki Messi?

— Bu savol futbol o‘ynagan barchaning joniga tegdi. Har birining o‘ziga yarasha ustunlik tomoni bor.

Krishtianu bilan o‘n yil mobaynida birga shug‘ullangan va to‘p surganimni inobatga olib aytsam, Ronaldu maydonda taqdim etadigan motivatsiya, uning harakatlari... Bir so‘z bilan aytganda top darajada.

Messi esa shunchaki turishi, keyin esa qayerdandir to‘pni qabul qilishi va gol urishi mumkin, — deydi Marselo.

Mavzuga doir: Marselo: Messi — faoliyatimdagi eng qiyin raqib

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu va Marselo 2019—2018-yillar oralig‘ida madridliklar safida birga to‘p surgan. Portugaliyalik futbolchi 2018-yilning yozida 112 million yevro evaziga “Yuventus”ga yo‘l olgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 45) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют