» » O‘zbekiston gastronomik turizm ommabopligi bo‘yicha reyting beshligiga kirdi

O‘zbekiston gastronomik turizm ommabopligi bo‘yicha reyting beshligiga kirdi


TurStat tahliliy agentligi rossiyalik sayyohlar uchun MDH mamlakatlarida ommabop gastronomik turizm yo‘nalishlarini aniqladi, deb yozadi “Anons.uz”.

Gastronomik turizm yo‘nalishida rossiyaliklar uchun ommabop MDH va yaqin chet el mamlakatlari beshligiga Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston va O‘zbekiston kirdi.

Reyting gastronomik turlarga bo‘lgan talabni tahlil qilish ma’lumotlariga asoslanib tuzildi.

TurStat ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyaliklar uchun eng ommabop gastronomik turlar bu bir haftalik sayohatlardir.

Misol uchun, Rossiyadan Ozarbayjon yoki Gruziyaga yetti kunlik gastronomik tur aviachiptalar bilan birgalikda o‘rtacha 800 dollar, Qozog‘iston va Armanistonga 900 dollar, O‘zbekistonga 1000 dollarga tushadi.

Gastronomik turizm bu mamlakat bilan uning gastronomiyasi, mahalliy oshxonasi va pazandalik mahorat darslari orqali tanishish uchun sayohat va gastronomik turlardir.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют