» » Rossiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘ringa chiqib oldi

Rossiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘ringa chiqib oldi


Rossiyada COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 177 ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Shunday qilib, Rossiya butun dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha beshinchi o‘ringa chiqib oldi. Ro‘yxatning boshida AQSh (1,2 million), Ispaniya (220 ming), Italiya (214 ming) va Buyuk Britaniya (202 ming) o‘rin egallagan.

Mamlakatda 1625 kishi koronavirus qurboniga aylangan, 23,8 mingdan ortiq bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

6-may holatiga ko‘ra, Rossiyadan keyingi pog‘onalarda Fransiya, Germaniya, Turkiya, Braziliya va Eron joylashgan. 7-may kuni esa servislarda Germaniya va Fransiyada COVID-19 bilan kasallanganlar to‘g‘risidagi ma’lumot yangilanmagan. Biroq Robert Kox institutining saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan bir sutka ichida Germaniyada 1284 kishida koronavirus aniqlangan.

Avvalroq 12-maydan boshlab Rossiya poytaxti Moskva shahridagi barcha sanoat korxonalari va qurilishlar qayta ish boshlashi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:

O‘zbekistonda 7-may soat 18:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2269 nafarga yetdi. Mamlakatda 15-martdan buyon 1624 kishi koronavirusdan sog‘aygan, 10 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 92) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют