» » AQShda koronavirus qurbonlari soni 80 ming kishidan oshib ketdi

AQShda koronavirus qurbonlari soni 80 ming kishidan oshib ketdi


AQShda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 80 ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda kasallik tarqalishini real vaqtda kuzatib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Mamlakatda koronavirusga chalinganlarning jami soni 1,34 million kishiga yetgan. Kasallarning asosiy qismi Nyu-York (337 ming) va Nyu-Jersi (140 ming) shtatlari hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Mazkur shtatlarda COVID-19 qurbonlari soni mos ravishda 26,6 ming va 9,3 ming kishidan oshgan.

CBS New York’ning ma’lumotlariga ko‘ra, 11-may kuni Nyu-York shtatida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 488 ta holat qayd etilgan bo‘lsa, 161 bemor vafot etgan. Ta’kidlanishicha, bu koronavirus bilan kasallanganlar va qurbonlar soni bo‘yicha 19-martdan buyon kuzatilgan eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.

AQShda hozirga qadar 232,7 ming bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, o‘tgan bir hafta ichida butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga 10 millionta test o‘tkazilgan. May oyida AQSh hukumati aholining kamida 2 foizini testdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Mavzuga doir: Tramp koronavirusning o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketishini aytdi

Avvalroq Donald Tramp koronavirusni Ikkinchi jahon urushi bilan taqqoslagan edi. Shuningdek, prezident Xitoy AQShdan koronavirus vaksinasi haqidagi ma’lumotlarni o‘g‘irlashga urinayotganini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют