» » Dunyodagi eng uzun limuzin asl holiga qaytariladigan bo‘ldi

Dunyodagi eng uzun limuzin asl holiga qaytariladigan bo‘ldi


Dunyodagi eng uzun avtomobil hisoblanuvchi American Dream (“Amerika orzusi”) limuzini amerikalik Mayk Menning ismli fuqaroning sa’y-harakatlari bilan restavratsiya qilinadi. Hozirda avtomobilni asl holatiga qaytarish bo‘yicha ish boshlab yuborilgan, deb xabar beradi Motor.

American Dream XX asrning 90-yillarida Jey Orberg tomonidan yaratilgan. Orberg dunyodagi eng uzun avtomobilni yaratish uchun 1976-yilda ishlab chiqarilgan ikkita Cadillac Eldorado limuzinlarini birlashtirib, unga 26 ta g‘ildirak va bir juft motor o‘rnatgan. Natijada bortida jakuzi, vertolyot maydonchasi, mini-golf maydonchasi va basseyn joylashgan 30,5 metrli mashina paydo bo‘lgan.

So‘nggi yillarda limuzin Autoseum muzeyi omborida saqlanayotgan edi. Menning American Dream’ni xarid qilganida u juda ayanchli ahvolda bo‘lgan: kuzovining aksariyat qismi zanglab ketgan, old bamperi va bitta farasi yo‘q, bir necha o‘qlarida g‘ildiraklar mavjud bo‘lmagan. Menningning so‘zlariga ko‘ra, limuzinni restavratsiya qilish ishlari bir yildan ortiqroq vaqt oladi va keyingi yilning bahorida tayyor bo‘ladi.

Mavzuga doir: Amerikada noyob limuzin-samolyot auksionga qo‘yildi (foto+video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют