» » Buyuk Britaniyada koronavirusga qarshi vaksina qachon ishlab chiqarilishi ma’lum qilindi

Buyuk Britaniyada koronavirusga qarshi vaksina qachon ishlab chiqarilishi ma’lum qilindi


Buyuk Britaniyaning AstraZeneca farmatsevtika kompaniyasi sinovlar muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda COVID-19 kasalligiga qarshi vaksinani keng qamrovli ishlab chiqarishni joriy yilning sentabr oyida boshlashni rejalashtirmoqda. Ayni paytda mazkur vaksina ustida Oksford universiteti bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

“Kompaniya yetkazib berish bo‘yicha dastlabki shartnomalarni imzoladi, kamida 400 millionta doza, bir milliard doza ishlab chiqarish bo‘yicha imkoniyatni ta’minladi va dastlabki yetkazib berishni 2020-yilning sentabrida boshlaydi”, — deyiladi kompaniya bayonotida.

“Biz vaksinani yaratish va ishlab chiqarish jarayonini tezlashtirishda ko‘rsatgan ko‘magi uchun AQSh va Buyuk Britaniya hukumatlariga minnatdorchilik bildirmoqchimiz. Vaksinani tezda yaratish va uni hamma foydalana oladigan qilish uchun imkoniyatimiz darajasidagi barcha ishni qildik”, — deyiladi AstraZeneca rahbari Paskal Sorioning bayonotida.

Mavzuga doir: AQSh va Britaniya olimlari koronavirus vaksinasini makakalarda sinab ko‘rdi

Kompaniya vaksinani yaratish uchun AQSh hukumatidan bir milliard dollardan ortiq mablag‘ olgan.

Xabar berilishicha, iyun oyida Angliyada o‘tkazilayotgan klinik sinovlarning birinchi fazasi natijalari ma’lum bo‘ladi. Agar sinovlar muvaffaqiyatli bo‘lsa, ular boshqa davlatlarda davom ettiriladi. Hamma ish reja bo‘yicha ketsa, sentabr oyida Buyuk Britaniyaning 30 million aholisi yoki mamlakat aholisining yarmidan sal kamrog‘i vaksinadan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Avvalroq AQShning Moderna kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari birinchi fazasi ijobiy natijalar bilan tugayotganini ma’lum qilgan. Shuningdek, AQShda koronavirusga qarshi DNK-vaksina sinovdan o‘tkazildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют