» » Kim Chen In uch hafta ichida birinchi bor jamoatchilikka ko‘rinish berdi

Kim Chen In uch hafta ichida birinchi bor jamoatchilikka ko‘rinish berdi


KXDR yetakchisi Kim Chen In uch haftalik tanaffusdan so‘ng, yana jamoatchilikka ko‘rinish berdi, deb yozadi Bloomberg.

Mamlakat yetakchisi Koreya Mehnat partiyasining Markaziy harbiy qo‘mitasida yig‘ilish o‘tkazgan. Yig‘ilishda milliy mudofaa kuchlarini mustahkamlash borasidagi masalalar muhokama qilingan. Shuningdek, Kim Chen In ichki va tashqi siyosat vositalari yordamida yadroviy urushdan saqlanish masalasini ko‘targan.

Biroq majlis qaysi sanada o‘tkazilgani ma’lum qilinmagan. Koreya markaziy telegraf agentligi Shimoliy Koreya yetakchisining suratini, shuningdek, 23-may kuni imzolangan buyruqlarni e’lon qilgan.

22-may kuni Yonhap agentligi Kim Chen In oxirgi uch haftadan beri jamoatchilikka ko‘rinish bermagani haqida yozgandi. Janubiy Koreya birlashgan vazirlik vakili Yo Sang-Ki hukumat qo‘shni davlatdagi vaziyatni diqqat bilan kuzatayotganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyining o‘rtalarida CNN telekanali AQSh KXDR yetakchisi Kim Chen Inning sog‘lig‘i jarrohlik amaliyotidan so‘ng yomonlashgani to‘g‘risidagi razvedka ma’lumotlarini o‘rganayotganini ma’lum qilgandi. Daily NK’ning yozishicha, Kim Chen Inda 12-aprel kuni yurak-qon tomir tizimiga bog‘liq jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Biroq AQSh prezidenti Donald Tramp Kim Chen Inning sog‘lig‘i yomonlashgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar xato ekanligini bildirib, CNN’ga doim ham ishonavermasligini aytgan. 27-aprel kuni Janubiy Koreya prezidenti maslahatchisi KXDR yetakchisi soppa-sog‘ ekanligini ma’lum qilgan. 2-may kuni esa Shimoliy Koreyada hukmron Mehnat partiyasining matbuot organi bo‘lgan Rodong Sinmun gazetasi Kim Chen Inning o‘g‘it zavodi ochilishida tushgan fotosuratlarini e’lon qilgandi.

Mavzuga doir: Janubiy Koreya razvedkasi Kim Chen Inning “yo‘qolib qolishi”ga oid taxminlari bilan bo‘lishdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют